FPK · 419-12-modda

419-12-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish

Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) sudning ish yuritishiga qabul qilinadi.

Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish uchun sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi.

Taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni taftish instansiyasida koʻrish vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishning taftish tartibida koʻrilishiga toʻsqinlik qilmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.