FPK · 419-22-modda

419-22-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) yuzasidan tushuntirishlar berish (eʼtirozlar bildirish)

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar taftish tartibidagi shikoyat (protest) yuzasidan sudga tushuntirishlarni (eʼtirozlarni) ularni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib, taqdim etishga haqli.

Tushuntirishlar (eʼtirozlar) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan tushuntirishlar (eʼtirozlar) mustasno. Tushuntirishlarning (eʼtirozlarning) koʻchirma nusxalarini sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.