Taftish instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha:
1) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga;
2) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni toʻliq yoxud qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror qabul qilishga;
3) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman oʻzgartirishga;
4) ushbu Kodeks 372-2-moddasi birinchi qismining 4-bandida va 372-4-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga;
5) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ushbu Kodeksda koʻrsatilgan asoslarga koʻra arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni toʻliq yoki qisman tugatishga;
6) ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga haqli.