FPK · 439-modda

439-modda. Sud hujjatlarini qayta koʻrish toʻgʻrisida ariza berish

Yangi ochilgan holatlar boʻyicha hal qiluv qarorini, ajrim yoki qarorni qayta koʻrish haqidagi ariza hal qiluv qarorini, ajrimni yoxud qarorni chiqargan sudga ishda ishtirok etgan shaxslar tomonidan beriladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar bunday arizani hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta koʻrish uchun asos boʻladigan holatlar maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran uch oy muddat ichida berishi mumkin.

Ariza bilan murojaat etgan shaxsning iltimosnomasiga koʻra, oʻtkazib yuborilgan arizani berish muddati, agar iltimosnoma qayta koʻrish uchun asos boʻladigan holatlar ochilgan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay berilgan boʻlsa va sud muddatni oʻtkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, sud tomonidan tiklanishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.