FPK · 460-modda

460-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalani apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan hal qilish

Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi huquq toʻgʻrisidagi nizoni uzil-kesil hal qilsa yoki ish yuritishni tamomlasa, sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalani hal qilishi yoxud uni hal qilish uchun birinchi instansiya sudiga topshirishi shart.

Agar yuqori turuvchi sudning ajrimida sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masala boʻyicha hech qanday koʻrsatma boʻlmasa, javobgar birinchi instansiya sudiga tegishli ariza berishga haqli. Birinchi instansiya sudi bu arizani ushbu Kodeksning 459-moddasi qoidalariga binoan koʻrib chiqadi va hal qiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.