FPK · 93-modda

93-modda. Tez buziladigan ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish

Sud dalillarni sudga olib kelish imkoniyati boʻlmagan yoki qiyin boʻlgan, shuningdek ashyoviy dalillar tez buziladigan hollarda, ularni koʻzdan kechirishini va tekshirishini ular joylashgan yerda amalga oshirishi mumkin.

Oziq-ovqatlar va tez buziladigan boshqa ashyolar ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda, sud tomonidan darhol koʻzdan kechiriladi. Bunday ashyolar koʻzdan kechirilganidan keyin kimdan olingan boʻlsa, oʻsha shaxslarga qaytariladi yoki ulardan oʻz oʻrnida foydalanishi mumkin boʻlgan boshqa shaxslarga beriladi. Ashyolar boshqa shaxslarga berilgan taqdirda, ularning egasiga oʻsha xildagi va sifatdagi buyumlar yoki ularning qaytarish paytidagi bahosi boʻyicha qiymati qaytarib berilishi kerak.

Zarur hollarda, dalillarni koʻzdan kechirish va tekshirishda ishtirok etish uchun odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar chaqirilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.