HK · 102-modda

102-modda. Yoʻlovchiga koʻrsatiladigan xizmatlar va imtiyozlar

Tashuvchi yoʻlovchilarga tashish qoidalarida belgilangan tartibda xizmat koʻrsatilishini tashkil etishi shart. Shunga muvofiq yoʻlovchiga belgilangan meʼyor doirasida bagaj va qoʻl yukini tekin oʻzi bilan olib uchish, bolalarini (yoshiga qarab) tekin yoki imtiyozli shartlarda olib uchish, aeroportlarda maxsus ajratilgan binolardan foydalanish, shuningdek yuk tashuvchining aybi bilan yoxud boshqa majburiy sabablar bilan roʻy bergan parvozlarning kechiktirilishi yoki ular orasidagi tanaffuslarda mehmonxonalarda joy bilan taʼminlanish huquqi beriladi.

Tashuvchi oʻz imtiyozli tijorat dasturlarini amalga oshirish va bunday dasturlarda nazarda tutilgan qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish huquqiga ham ega.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.