HK · 23-modda

23-modda. Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiyasi tarkibi

Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiyasi eksperimental, davlat va fuqaro aviatsiyasiga boʻlinadi.

Aviatsiya va boshqa texnika sohasida tajriba-konstruktorlik, eksperimental va ilmiy-tadqiqot ishlari hamda sinovlari uchun moʻljallangan aviatsiya eksperimental aviatsiya hisoblanadi.

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya tasarrufidagi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tasarrufidagi aviatsiya davlat aviatsiyasi hisoblanadi. Eksperimental va davlat aviatsiyasi tarkibiga kirmagan aviatsiya fuqaro aviatsiyasi hisoblanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.