HK · 8-modda

8-modda. Samoviy hududning tarkibi

Samoviy hududdan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun samoviy hududda havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatadigan rayonlar, aerodromlar va aerouzellarning rayonlari, havo yoʻllari, havo kemalari parvozining yoʻnalishlari va maxsus mintaqalari, nazorat qilinmaydigan parvozlarning rayonlari, taqiqlangan va cheklangan mintaqalar, sinov rayonlari, portlatish ishlari rayonlari hamda boshqa maxsus elementlar belgilanib, ularning majmuasi Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududining tarkibini tashkil etadi.

Samoviy hududdan foydalanishni tashkil etish atrof muhitni muhofaza qilishning umum eʼtirof etgan meʼyorlariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.