Ish yuritish:
1) ushbu Kodeks 101-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — tegishli sudning sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga yoki tergov harakatlari tugallanguniga qadar;
2) ushbu Kodeks 101-moddasining 2 va 5-bandlarida, 102-moddasining 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — ish yuritishni toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf qilinguniga qadar;
3) ushbu Kodeks 101-moddasining 3 va 4-bandlarida va 102-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan hollarda — ishda ishtirok etuvchi shaxsning huquqiy vorisi aniqlanguniga, muomalaga layoqatsiz shaxsga vakil tayinlanguniga, yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtguniga qadar;
3-1) ushbu Kodeks 101-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda — mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tugaguniga qadar, biroq oltmish kundan ortiq boʻlmagan muddatda;
4) ushbu Kodeks 102-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — sud tomonidan ekspertiza xulosasi olinguniga qadar toʻxtatib turiladi.