Arbitraj muhokamasi bilan bogʻliq ishlar jumlasiga “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan quyidagi arizalar boʻyicha ishlar kiradi:
1) arbitrni tayinlash toʻgʻrisidagi;
2) arbitrni rad etishni qanoatlantirish haqidagi;
3) arbitr vakolatlarining amal qilishini tugatish xususida qaror qabul qilish toʻgʻrisidagi;
4) arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish haqidagi;
5) taʼminlash choralarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi;
6) taʼminlash choralarini koʻrish haqidagi;
7) dalillarni olishga koʻmaklashish toʻgʻrisidagi;
8) arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi;
9) arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi.
Ushbu moddaning birinchi qismida sanab oʻtilgan ishlar iqtisodiy sudlar tomonidan iqtisodiy sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha ushbu Kodeksning 29-1-bobida koʻrsatilgan oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda koʻrib chiqiladi.
Ushbu modda birinchi qismining 1 — 4, 7 va 8-bandlarida sanab oʻtilgan ishlar iqtisodiy sudlar tomonidan faqat, agar arbitraj joyi Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan boʻlsa, koʻrib chiqiladi.