JIK · 122-modda

122-modda. Turmalarda jazoni oʻtash tartibi

Turmalarda jazoni:

mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar;

sud tomonidan jazoni ijro etish koloniyalaridan oʻtkazilgan jazo oʻtash tartibini ashaddiy buzuvchilar oʻtaydilar.

Turmalarda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkazish ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Turmalarda mahkumlarni yengillashtirilgan saqlash sharoitiga muddatidan oldin oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi, mahkumni sogʻligʻiga koʻra tegishli tibbiy xulosa asosida oʻtkazish hollari bundan mustasno.

Homilador ayollar va yonida emizikli bolasi bor ayollar, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar turmalarda jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitida oʻtaydilar.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.