JIK · 133-modda

133-modda. Mahkuma ayollarning muassasa doirasidan chetga qisqa muddatli chiqishi

Maktabgacha yoshdagi bolalari bor mahkuma ayollarga bolalarini qarindoshlarinikiga, vasiylarinikiga yoki bolalar muassasalariga joylashtirib kelish uchun borish-kelish vaqtini (toʻrt sutkagacha) hisobga olmagan holda oʻn besh sutkagacha muddatga chetga chiqishga ruxsat etilishi mumkin.

Voyaga yetmagan nogironligi boʻlgan bolalari bor ayollarga bir yilda bir marta ular bilan uchrashish uchun yoʻlga ketadigan vaqtni hisobga olmaganda yetti sutkagacha boʻlgan muddatga chetga chiqishga ruxsat etiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.