JIK · 149-modda

149-modda. Jazoni ijro etish tartibi

Intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazo Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining shunga maxsus moʻljallangan harbiy qismlari (intizomiy qism) tomonidan ijro etiladi.

Mahkumlarni intizomiy qismga joʻnatish va bu qismlarda qabul qilib olish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Jazoni intizomiy qismda oʻtash davrida barcha mahkumlar, harbiy unvonlari, lavozimlari va avvalgi xizmatlari xususiyatidan qatʼi nazar, soldatlar (matroslar) holatida boʻladilar hamda belgilangan koʻrinishdagi kiyimda yuradilar va tafovut belgilarini taqadilar.

Intizomiy qismda jazoni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar mahkumlar uchun ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilab qoʻyilgan rejim talablariga rioya etishlari shart.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.