JIK · 161-modda

161-modda. Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish tartibi

Mahkumni harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish toʻgʻrisida hukm chiqargan sud hukmning nusxasini shu unvonni bergan organga yuboradi. Zaxiradagi harbiy xizmatchiga taalluqli hukm nusxasi uning yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻlimiga yuboriladi.

Unvon bergan organning mansabdor shaxsi mahkumni unvondan mahrum qilish toʻgʻrisidagi yozuvni belgilangan tartibda tegishli hujjatlarga kiritadi, bu unvon bilan bogʻliq huquq va imtiyozlarni tugatish choralarini koʻradi hamda hukm chiqargan sudga hukmning nusxasi olingan kundan boshlab bir oylik muddat ichida uning ijro etilganligi haqida xabar qiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.