Quyidagilar jazo ijrosini tugatish uchun asos boʻladi:
mahkumning sud tayinlagan jazo muddatini oʻtab boʻlishi;
ushbu Kodeksning 163-moddasida nazarda tutilgan hollarda mahkumning jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilinishi;
sud hukmining bekor boʻlishi va ish yuritishning tugatilishi;
hukmning kassatsiya, taftish tartibida oʻzgartirilishi va jazoning shartli hukm bilan almashtirilishi;
mahkumning vafoti.