JIK · 182-modda

182-modda. Jazo bilan birga tayinlangan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi

Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yoʻliqqan mahkumlarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari quyidagi tartibda qoʻllaniladi:

jamiyatdan batamom ajratib qoʻyish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarga hukm qilingan shaxslarga — sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan umumiy asoslarda;

ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxslarga — jazoni oʻtash joyida, ozod etilganlaridan soʻng davolashni davom ettirish zarurati boʻlganda esa — sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan umumiy asoslarda.

Ruhiy holati aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda buzilgan mahkumlarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari quyidagilarga nisbatan qoʻllaniladi:

jamiyatdan batamom ajratib qoʻyish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo choralariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan — sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan;

ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxslarga nisbatan — jazoni oʻtash joyida, ozod etilganidan keyin davolashni davom ettirish zarur boʻlganda esa, sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan umumiy asoslarda.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.