JIK · 192-modda

192-modda. Bemorlar va ruhiy kasalliklar shifoxonasi xodimlari xavfsizligini taʼminlash

Bemorlar va xodimlar xavfsizligini taʼminlash, bemorlarning ruhiy kasalliklar shifoxonasi (boʻlinmasi) doirasidan tashqariga oʻzboshimchalik bilan chiqib ketishining oldini olish maqsadida nazorat-ruxsatnoma tizimi joriy etiladi.

Umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonalarini qoʻriqlash tibbiy xodimlar tomonidan, sud-psixiatriya ekspertizasi boʻlinmalari va kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida — ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Bemor jazavaga tushgan, shuningdek tibbiy xodimlarga itoat etmagan va ularga jismoniy qarshilik koʻrsatgan taqdirda unga nisbatan qoʻlkishan, bogʻlash vositalari va boshqa maxsus vositalar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qoʻllanilishi mumkin

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.