JIK · 48-modda

48-modda. Qattiq tartibli koloniyalar

Qattiq tartibli koloniyalar quyidagilarga boʻlinadi:

ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtagan va qasddan jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan erkaklar saqlanadigan koloniyalar;

ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtagan va oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan ayollar, shuningdek oʻta xavfli retsidivist deb topilgan ayollar saqlanadigan koloniyalar.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.