JIK · 72-modda

72-modda. Oʻqotar qurol qoʻllash asoslari

Alohida hollarda, agar jinoyatni boshqa vositalar bilan toʻxtatishning iloji boʻlmasa, eng soʻnggi chora sifatida oʻqotar qurol qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.

Oʻqotar qurol quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin:

muassasa maʼmuriyati vakillarini, boshqa mahkumlarni va oʻzga shaxslarni ularning hayoti va sogʻligʻiga aniq tahdid etuvchi hujumdan himoya qilish, shuningdek qurolni qoʻlga kiritish maqsadida qilingan hujumni daf etish chogʻida;

garovga olinganlarni, mahkumlar egallab olgan binolarni, inshootlarni, xonalarni va transport vositalarini ozod qilish chogʻida;

jazoni ijro etish muassasasining qoʻriqlanadigan obyektlariga, transport vositalariga guruh boʻlib qilingan yoki qurolli hujumni daf etish yoxud mahkumlarni zoʻrlik bilan ozod qilishga urinishlarni toʻxtatish chogʻida;

ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochayotgan yoki qurolli qarshilik koʻrsatayotgan mahkumni ushlash chogʻida;

mahkumlar qochishda foydalanayotgan transport vositasini toʻxtatish chogʻida.

Oʻqotar qurol qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qoʻllanilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.