JIK · 79-1-modda

79-1-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning sayr qilishi

Jazoni umumiy, qattiq tartibli koloniyalar, tarbiya koloniyalari qabul boʻlinmalarining kameralarida, shuningdek maxsus tartibli koloniyalarning kameralarida oʻtayotgan ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlar, agar ular ochiq havoda ishlayotgan boʻlmasa, har kuni muddati ikki soatlik sayr qilish huquqiga ega.

Sayr qilishning muddati jazoni ijro etish koloniyalarining, tergov hibsxonalari va turmalarning intizomiy boʻlinmalarida saqlanayotgan mahkumlar uchun ushbu Kodeksning 109 va 127-moddalari bilan, jazoni turmalarda oʻtayotgan mahkumlar uchun esa 123-moddasi bilan belgilanadi.

Mahkumlarning sayr qilishi maxsus jihozlangan sayr qilish hovlilarida kunduzgi vaqtda oʻtkaziladi. Sayr qilish, mahkum jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalarini buzgan taqdirda, muddatidan ilgari tugatilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.