Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar:
mehnat vazifalarini ado etish chogʻida yetkazilgan zarar uchun — mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda;
boshqa xatti-harakatlar oqibatida yetkazilgan zarar uchun — fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda moddiy javobgar boʻladilar.
Notoʻgʻri chegirilgan summa mahkumga qaytarilib, uning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.