JK · 181-modda

181-modda. Toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish

Yuridik yoki jismoniy shaxsning yoxud yakka tartibdagi tadbirkorning haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim etish, buxgalterlik hisobotlarini buzib koʻrsatish yoki boshqacha tarzda oʻzining toʻlovga qobiliyatsizligini qasddan yashirish yoʻli bilan kreditorlarga koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.