JK · 221-modda

221-modda. Jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining qonuniy talablariga boʻysunmaslik

Ozodlikdan mahrum qilish joyida jazoni oʻtayotgan shaxsning jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining qonuniy talablariga boʻysunmasligi yoxud maʼmuriyatning oʻz faoliyatini amalga oshirishiga boshqacha yoʻsinda toʻsqinlik qilishi, basharti, mahkumga nisbatan bir yil mobaynida jazoni oʻtash tartibi talablarini buzganligi uchun jazoni ijro etish koloniyasining karseriga oʻtkazish tariqasidagi jazo qoʻllanilganidan yoki turmaga oʻtkazilganidan keyin sodir etilsa, —

uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha qilmishlar:

a) oʻta xavfli retsidivist;

b) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm etilgan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —

uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.