JK · 247-modda

247-modda. Oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash

Oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini oʻgʻrilik yoki firibgarlik yoʻli bilan egallash —

uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakat:

a) takroran;

b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;

v) oʻzlashtirish, rastrata qilish yoxud mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan;

g) talonchilik;

d) tamagirlik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, —

besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakat:

a) bosqinchilik yoʻli bilan;

b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;

v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —

oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.