JK · 261-1-modda

261-1-modda. Transport vositasini mastlik holatida boshqarish yoki tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlash

Haydovchilarning transport vositalarini mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boshqarishi, shunday qilmish yoxud mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida ekanligini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlaganligi uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —

uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Transport vositalari haydovchilarining mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida ekanligini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlashi, shunday qilmish yoxud transport vositalarini mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boshqarganligi uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —

uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.