JK · 276-3-modda

276-3-modda. Giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning yoki ularning analoglarining yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasiga homiylik qilish

Giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning yoki ularning analoglarining yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasini amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyatga hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan homiylik qilish yoxud bunday faoliyat fosh boʻlishining oldini olish maqsadida xizmat faoliyati yuzasidan oʻziga maʼlum boʻlgan maʼlumotlar haqida xabar berish, —

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) takroran;

b) tamagirlik niyatida sodir etilgan boʻlsa;

v) odam oʻlimiga;

g) boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —

sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) odamlar oʻlimiga sabab boʻlsa;

b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;

v) gʻayriqonuniy narkolaboratoriya faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq holda sodir etilgan boʻlsa, —

oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab;

b) koʻp miqdordagi giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning yoki ularning analoglarining yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi bilan bogʻliq holda;

v) ikki yoki undan ortiq gʻayriqonuniy narkolaboratoriyalar faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq holda sodir etilgan boʻlsa, —

oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.