JK · 278-3-modda

278-3-modda. Kompyuter tizimidan, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlaridan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus vositalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab tayyorlash yoxud oʻtkazish va tarqatish

Himoyalangan kompyuter tizimidan, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlaridan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini oʻtkazish maqsadini koʻzlab tayyorlash yoxud oʻtkazish va tarqatish —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;

b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;

g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.