Ushbu Kodeks 105-moddasining birinchi qismida (qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish), 106-moddasida (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish), 107-moddasida (zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish), 108-moddasida (ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan ogʻir shikast yetkazish), 109-moddasida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 110-moddasining birinchi qismida (qiynash), 111-moddasida (ehtiyotsizlik orqasida badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazish), 115-moddasida (ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash), 116-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 117-moddasining birinchi qismida (xavf ostida qoldirish), 121-moddasining birinchi qismida (shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish), 122-moddasida (voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash), 123-moddasida (ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash), 125-moddasining birinchi qismida (farzandlikka olish sirini oshkor qilish), 126-1-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida (oilaviy (maishiy) zoʻravonlik), 136-moddasida (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga toʻsqinlik qilish), 138-moddasining birinchi qismida (zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish), 139-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tuhmat), 140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (haqorat qilish), 141-1-moddasining birinchi qismida (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish), 141-2-moddasining birinchi qismida (shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish), 143-moddasida (xat-yozishmalar, telefonda soʻzlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish), 148-moddasida (mehnat qilish huquqini buzish), 149-moddasida (muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish), 149-1-moddasida (mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish), 149-2-moddasida (oʻzganing tovar belgisidan, xizmat koʻrsatish belgisidan, geografik koʻrsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan oʻxshash boʻlgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud oʻzganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish), 149-3-moddasida (ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga, integral mikrosxema topologiyasiga va seleksiya yutugʻiga boʻlgan huquqlarni buzish), 167-moddasining birinchi qismida (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 168-moddasining birinchi qismida (firibgarlik), 169-moddasining birinchi qismida (oʻgʻrilik), 170-moddasining birinchi qismida hamda ikkinchi qismining “b” va “v” bandlarida (aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan mulkiy zarar yetkazish), 172-moddasida (mulkni qoʻriqlashga vijdonsiz munosabatda boʻlish), 173-moddasining birinchi qismida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 180-moddasida (soxta toʻlovga qobiliyatsizlik), 181-moddasida (toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish), 185-2-moddasida (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish), 189-moddasida (savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish), 191-moddasida (qonunga xilof ravishda axborot toʻplash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish), 192-moddasida (raqobatchini obroʻsizlantirish), 229-moddasida (oʻzboshimchalik), 256-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish), 257-moddasining birinchi qismida (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish), 258-moddasining birinchi qismida (togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish), 259-moddasining birinchi qismida (yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish), 260-moddasining birinchi qismida (temir yoʻl, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 266-moddasining birinchi qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 268-moddasining birinchi qismida (transportning xavfsiz ishlashini taʼminlashga doir qoidalarni buzish), 276-9-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tanosil yoki OIV kasalligini (OITSni) tarqatish), 277-moddasining birinchi qismida (bezorilik), 298-moddasining birinchi qismida (mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs, agar u oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.