JPK · 187-1-modda

187-1-modda. Taftish tayinlash uchun asoslar

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni taftish qilish ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlar haqidagi maʼlumotlarni tekshirilayotgan subyektlarning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarini oʻrganish hamda taqqoslab koʻrish yoʻli bilan olish mumkin boʻlgan hollarda tayinlanadi. Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning maxsus bilimlarga ega ekanligi taftishni tayinlashdan ozod etmaydi.

Tadbirkorlik subyektini taftish qilish faqat uning qonunchilikni buzganligi faktlari boʻyicha qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida amalga oshiriladi. Bunda taftishga tadbirkorlik subyektining faqat qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi bilan bogʻliq faoliyati qamrab olinishi mumkin.

Jinoyat ishi qoʻzgʻatilguniga qadar taftishni tayinlashga faqat qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.