JPK · 187-9-modda

187-9-modda. Qoʻshimcha yoki qayta taftish

Qoʻshimcha taftish taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada mavjud boʻlgan kamchiliklarni toʻldirish va ish boʻyicha yangidan aniqlangan holatlarni aniqlashtirish uchun tayinlanadi.

Qayta taftish quyidagi hollarda tayinlanadi:

taftish xulosalari va natijalariga rozi emaslik toʻgʻrisida tekshirilgan subyekt, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan taqdim etilgan eʼtirozlar asosli deb topilganda;

taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada taftish materiallari va jinoyat ishining boshqa materiallari bilan qarama-qarshiliklar mavjud boʻlganda, shuningdek taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomadagi xulosalarga asos boʻlgan hujjatlar, axborot va materiallar notoʻgʻri deb topilganda;

taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada koʻrsatilgan xulosalar asossiz boʻlganda yoki ularning toʻgʻriligi shubha tugʻdirganda.

Dastlabki taftishni oʻtkazgan shaxslar qayta taftish oʻtkazish uchun tayinlanishi mumkin emas.

Qoʻshimcha taftish yoki qayta taftish ushbu bobda belgilangan tartibda va muddatlarda oʻtkaziladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.