JPK · 320-3-modda

320-3-modda. Jinoyat ishini tergov qilish

Jinoyat ishini tergov qilish surishtiruv yoki dastlabki tergov shaklida amalga oshiriladi.

Dastlabki tergov ushbu Kodeksning 345-moddasi ikkinchi — sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari boʻyicha, shuningdek ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda oʻtkaziladi.

Surishtiruv ushbu Kodeksning 381-2-moddasi birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari boʻyicha oʻtkaziladi.

Tergovi surishtiruv shaklida oʻtkaziladigan jinoyat ishlari tergovning har tomonlama, xolisona va toʻla oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida ushbu Kodeksning 381-5-moddasiga muvofiq prokurorning asoslantirilgan qaroriga koʻra dastlabki tergov olib borish uchun topshirilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.