JPK · 345-modda

345-modda. Jinoyat ishining tergovga tegishliligi

Ushbu moddaning ikkinchi — sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari boʻyicha dastlabki tergov oʻtkazilishi shart.

Jinoyat kodeksining 97 — 103-1, 108, 116, 132, 137, 141 — 149-3-moddalarida, 169-moddasi ikkinchi qismining “d” va “e” bandlarida hamda uchinchi qismining “g” bandida, 175-moddasida, 192-1 — 192-12, 197-1, 205 — 215, 218 — 222, 229-1-moddalarida, 229-3-moddasi oltinchi qismida, 229-4, 229-5, 230 — 230-2, 231-moddalarida, 232-moddasi ikkinchi qismida, 232-1 — 236, 241-1 — 242, 265-moddalarida, 276-11-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek qonunda koʻrsatilgan ayrim toifadagi mansabdor shaxslarning jinoyatlariga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov prokuratura organlarining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi.

Jinoyat kodeksining 279 — 302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov harbiy prokuratura tergovchilari tomonidan olib boriladi.

Jinoyat kodeksining 150 — 163, 182, 223, 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari tomonidan olib boriladi.

Jinoyat kodeksining 104-moddasida, 105-moddasi ikkinchi qismida, 106, 107-moddalarida, 110-moddasi ikkinchi qismida, 114-moddasi uchinchi qismida, 115-1-moddasida, 117-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 118, 119-moddalarida, 121-moddasi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 122-1-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 124-moddasida, 126-1-moddasi beshinchi — sakkizinchi qismlarida, 127-moddasida, 127-1-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128, 128-1-moddalarida, 129-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 131-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 133-moddasi ikkinchi qismida, 133-1, 133-2, 134, 135-moddalarida, 138-moddasi ikkinchi qismida, 164, 165, 166-moddalarida, 168-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 169-moddasi ikkinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida, uchinchi qismining “a”, “b” va “v” bandlarida hamda toʻrtinchi qismida, 171-moddasi uchinchi qismida, 173-moddasi uchinchi qismida, 176-moddasida, 193 — 196-moddalarida, 196-1-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 196-2-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 197-moddasida, 198 — 204, 216-moddalarida, 216-1-moddasining ikkinchi qismida, 217-moddasida, 225-moddasi uchinchi qismida, 226-moddasi ikkinchi qismida, 228-moddasi ikkinchi qismida, 228-2-moddasi uchinchi qismida, 229-6, 244, 244-3-moddalarida, 244-4-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 245, 247, 248-moddalarida, 248-1-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 249, 250-moddalarida, 250-1-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 252 — 255-1-moddalarida, 255-2-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 256, 257, 258-moddalarida, 259-moddasi ikkinchi qismida, 260-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 260-1-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 262-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 262-1-moddasi ikkinchi qismida, 263-moddasida, 263-1-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 264-moddasida, 266-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 267-moddasida, 268-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 269-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 270-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 271-moddasida, 273-moddasi ikkinchi — oltinchi qismlarida, 274-moddasi toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 275-moddasida, 276-moddasi ikkinchi qismida, 276-1 — 276-4-moddalarida, 276-6, 276-7-moddalarida, 276-8-moddasi ikkinchi qismida, 276-9-moddasi uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 276-10-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 276-13-moddalarida, 277-moddasi uchinchi qismida, 278-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 278-7-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlarga doir barcha ishlar boʻyicha (qasddan odam oʻldirish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlar bundan mustasno) dastlabki tergov ichki ishlar organlarining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi.

Jinoyat kodeksining 177-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 180 — 181-1-moddalarida, 184-moddasi uchinchi qismida, 186-1-moddasida, 276-11-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi.

Jinoyat kodeksining 129-1-moddasi ikkinchi qismida, 167-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 178-moddasida, 186-2-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 188, 188-1, 243, 244-1, 244-2, 276-12-moddalarida, 278-8-moddasi uchinchi qismida, 278-9-moddasi toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha dastlabki tergov ish qoʻzgʻatgan dastlabki tergov organi tomonidan amalga oshiriladi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organ yoki surishtiruv organi tomonidan ushbu qismda nazarda tutilgan jinoyatlar boʻyicha ish qoʻzgʻatilgan taqdirda, ish boʻyicha tergovni amalga oshiruvchi dastlabki tergov organi prokuror tomonidan belgilanadi.

Jinoyat kodeksining 237 — 241-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov ushbu ish qoʻzgʻatilishiga sabab boʻlgan jinoyat qaysi organning tergoviga tegishli boʻlsa, oʻsha organ tomonidan olib boriladi.

Agar tergovni olib borishda boshqa dastlabki tergov organi tergoviga tegishli yangi jinoyat aniqlansa, ishni yuritayotgan dastlabki tergov organi faqat tegishli prokurorning roziligi bilan tergovni toʻliq hajmda tamomlashi mumkin.

Agar tergovni olib borishda surishtiruv organiga tegishli boʻlgan va tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bogʻliq boʻlmagan yangi jinoyat aniqlansa, jinoyat ishini ajratish va boshqalarga oʻtkazish ushbu Kodeksning 332 va 381-2-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda agar mazkur yangi jinoyat ushbu Kodeks 381-2-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar turkumiga kirsa, ajratilgan jinoyat ishi boʻyicha surishtiruvni amalga oshirish prokuror tomonidan surishtiruvchiga topshiriladi.

Turli dastlabki tergov organlari tergoviga tegishli jinoyat ishlari bitta ish yurituviga birlashtirilganda, prokuror tergovni olib borishni ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi jinoyat ishining tergovi qaysi organga tegishli boʻlsa, shu organga, jinoyatlarning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi teng boʻlganda esa, jinoyat ishini uzoqroq muddat davomida tergov qilayotgan organga topshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari, shuningdek ularga tenglashtirilgan prokurorlar tergovning har tomonlama, toʻliq va xolisona olib borilishini taʼminlash maqsadida jinoyat ishini, tergovga tegishlilik qoidalaridan qatʼi nazar, quyidagi hollarda asoslantirilgan qarorga binoan bir dastlabki tergov organidan boshqasiga oʻtkazishga haqli:

1) agar jinoyat ishining tergovi tegishli boʻlgan organ jinoyatni hisobga olishdan ilgari yashirgan boʻlsa;

2) agar jinoyat ishining tergovi tegishli boʻlgan organning rahbari yoki rahbarning yaqin qarindoshi ish yuzasidan jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgar deb topilgan boʻlsa;

3) aybsizligi ayon boʻlgan shaxs ayblanuvchi tariqasida jalb etilganda yoki qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida oldindan bila turib qonunga xilof ravishda iltimosnoma qoʻzgʻatilganda;

4) dastlabki tergovni olib borishda qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlari qoʻllanilganda;

5) tergovning natijalariga va ish boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan tarzda ushbu Kodeks talablari buzilganda.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.