JPK · 348-1-modda

348-1-modda. Yoʻqolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash

Yoʻqolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash prokurorning qaroriga koʻra, jinoyat ishi yoxud uning materiallari sudda yoʻqolgan taqdirda esa ijro etish uchun prokurorga yuboriladigan sud ajrimiga koʻra amalga oshiriladi.

Yoʻqolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash jinoyat ishi hujjatlarining ushbu Kodeksda belgilangan tartibda dalillar deb topilishi mumkin boʻlgan saqlab qolingan koʻchirma nusxalari boʻyicha va protsessual harakatlarni bajarish orqali amalga oshiriladi.

Jinoyat ishi tiklanayotganda surishtiruv, dastlabki tergov ishlarini yuritish, qamoqda saqlash va uy qamogʻi muddatlari ushbu Kodeksning 245, 351 va 381-7-moddalarida belgilangan tartibda hisoblanadi.

Agar yoʻqolgan jinoyat ishi boʻyicha qamoqda saqlashning yoki uy qamogʻining oxirgi muddati tugagan boʻlsa, ayblanuvchi darhol ozod qilinishi kerak.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.