JPK · 367-modda

367-modda. Jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxs aniqlanmagan hollarda dastlabki tergovni toʻxtatish

Barcha tergov harakatlari bajarib boʻlinganidan keyin ham jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxs aniqlanmasa, ish yuritishni toʻxtatish mumkin.

Bunday hollarda tergovchi tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ orqali ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxsni aniqlash va uni javobgarlikka tortish choralarini koʻrishi shart.

Ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxs aniqlanmaganligi sababli toʻxtatilgan ish Jinoyat kodeksining 64-moddasida belgilangan javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketgach, tugatilishi lozim.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.