JPK · 440-modda

440-modda. Dalillarni tekshirish navbatini belgilash

Sudlanuvchilardan oʻz ayblariga iqrorliklari yoki iqror emasliklari toʻgʻrisida soʻrab boʻlgach, sud dalillarni tekshirish navbati toʻgʻrisida taraflarning takliflarini eshitadi. Bunday navbatni sud ajrimda aks ettiradi.

Basharti dalillarni tekshirish sudlanuvchilarni soʻroq qilish bilan boshlangan boʻlsa, ulardan keyin sud jabrlanuvchilarni soʻroq qiladi. Sudlanuvchilar koʻrsatuv berishdan bosh tortgan yoki boshqa dalillarning tekshirilishidan oldin koʻrsatuv berishga rozi boʻlmagan taqdirda jabrlanuvchilarni, guvohlarni soʻroq qilish, dalillarni koʻzdan kechirish, guvohlantirish, yozma dalillarni oʻqib eshittirish, ekspertiza oʻtkazish va boshqa sud harakatlarini bajarish navbati toʻgʻrisidagi masalani sud ishning muayyan holatlarini va taraflarning takliflarini inobatga olgan holda hal qiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.