Sud tergovi quyidagi hollarda toʻliq emas va bir yoqlama deb eʼtirof etiladi, agar ish boʻyicha:
1) ushbu Kodeksning 82 — 84-moddalarida koʻrsatilgan holatlar yetarlicha toʻliq aniqlanmagan boʻlsa;
2) koʻrsatuvlari ishni hal qilish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan shaxslar soʻroq qilinmagan boʻlsa;
3) oʻtkazilishi shart boʻlgan ekspertiza oʻtkazilmagan boʻlsa;
4) ish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlar, ashyoviy, yozma yoki raqamli dalillar talab qilib olinmagan boʻlsa;
5) natijalari ish uchun ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa tergov harakatlari oʻtkazilmagan boʻlsa.