JPK · 536-1-modda

536-1-modda. Mahkumni amnistiya aktiga asosan jazodan ozod qilish tartibi

Mahkumni amnistiya aktiga asosan asosiy va ijro etilmagan qoʻshimcha jazodan toʻliq yoki qisman ozod qilish yoxud jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki unga tayinlangan jazoning oʻtalmay qolgan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish prokurorning iltimosnomasiga binoan mahkumning jazoni oʻtash joyidagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.