JPK · 581-modda

581-modda. Sudning ajrimi ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish

Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash haqidagi ishni yuritishni toʻxtatish va tugatish, ushbu choralarni qoʻllash, ularni bekor qilish yoki oʻzgartirish, ishni yuritishni umumiy tartibda tiklash, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini bekor qilish yoki oʻzgartirishni rad etish toʻgʻrisidagi hamda ish yuritishni umumiy tartibda tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan oʻziga nisbatan sud ajrimi chiqarilgan shaxs, uning himoyachisi, jabrlanuvchi va uning vakili xususiy shikoyat berish, prokuror esa xususiy protest bildirish huquqiga ega.

Fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi masala boʻyicha sud ajrimining fuqaroviy daʼvoga tegishli qismi ustidan xususiy shikoyat berishga haqli.

Ushbu moddada nazarda tutilgan ajrimlar ustidan berilgan xususiy shikoyatni, protestni apellyatsiya instansiya sudi ushbu Kodeksning 55-2-bobida belgilangan qoidalarga rioya etgan holda koʻrib chiqadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.