JPK · 586-4-modda

586-4-modda. Prokurorning aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi qarori

Prokuror aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

1) aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqida;

2) aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani rad qilish toʻgʻrisida.

Prokuror tomonidan aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomaning rad qilinishi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va uning himoyachisini ushbu masala yuzasidan takroran iltimosnoma berish huquqidan mahrum etmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.