KONS · 108-modda

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 108-modda

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi BESHINCHI BOʻLIM. DAVLAT HOKIMIYATINING TASHKIL ETILISHI XIX bob. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Rasmiy manba (lex.uz)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yigʻilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab oʻz lavozimiga kirishgan hisoblanadi:

“Oʻzbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman”.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.