KONS · 146-modda

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 146-modda

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi BESHINCHI BOʻLIM. DAVLAT HOKIMIYATINING TASHKIL ETILISHI XXV bob. Prokuratura Rasmiy manba (lex.uz)

Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha tezkor-qidiruv, tergov va boshqa maxsus vazifalarni mustaqil ravishda bajaruvchi xususiy tashkilotlar, jamoat birlashmalari va ularning boʻlinmalarini tuzish hamda ularning faoliyat koʻrsatishi taqiqlanadi.

Qonuniylik va huquqiy tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jamoat tashkilotlari va fuqarolar yordam koʻrsatishlari mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.