KONS · 151-modda

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 151-modda

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi BESHINCHI BOʻLIM. DAVLAT HOKIMIYATINING TASHKIL ETILISHI XXVI bob. Moliya, pul va bank tizimi Rasmiy manba (lex.uz)

Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan va banklardan iboratdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit va valyuta siyosatini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakatda banklar faoliyatini tartibga solishni amalga oshiradi, bank va toʻlov tizimlarining barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi, bundan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hudud mustasno.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻz vazifalarini bajarishda mustaqildir.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan belgilanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.