MJK · 128-7-modda

128-7-modda. Yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻldan transport vositalarining harakatlanishi

Yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻldan transport vositalarining harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno), —

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.