MJK · 134-modda

134-modda. Haydovchilarning yoʻl harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi

Transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzishi transport vositalari, yoʻl harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelsa, lekin ancha miqdorda moddiy zarar yetkazmasa, bundan yoʻl harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelmagan yoʻl-transport hodisasi sodir etilganda yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisida xabarnoma tuzilgan hollar mustasno —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan toʻrt baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.