MJK · 139-modda

139-modda. Nosoz transport vositalarini yoʻlga chiqarish va transport vositalaridan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish

Transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan transport vositalarini yoʻlga chiqarish, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan nosozligi boʻlgan yoki muayyan shartlar tufayli transport vositasidan foydalanish taqiqlangan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini yoʻlga chiqarish, —

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.