MJK · 169-modda

169-modda. Tarkibida kimyoviy moddalarning qoldigʻi yoʻl qoʻyiladigan darajadan ortiq boʻlgan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotish

Tarkibida odamlar va hayvonlar salomatligi uchun zararli boʻlgan pestitsidlar, mineral oʻgʻitlar va boshqa kimyoviy moddalarning qoldiq miqdori yoʻl qoʻyilishi mumkin deb belgilangan darajadan ortiq ekanligini bila turib qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, xuddi shuningdek zaharli yovvoyi oʻsimliklarni, ularning hosilini, mevalarini, urugʻlarini, barglari va ildizlarini bozorlarda sotish —

mahsulotlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

mahsulotlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan toʻrt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.