Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shugʻullanish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.