MJK · 192-1-modda

192-1-modda. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazuvchi shaxs tomonidan mazkur tadbirlarni oʻtkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Toʻyxonalar, kafe va restoranlarning mansabdor shaxsi tomonidan toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, —

bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.