MJK · 197-modda

197-modda. Prokurorning qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish va uning talablarini bajarmaslik

Dalolatnoma va boshqa zarur hujjatlar, materiallar va maʼlumotlar taqdim etishning tekshirishlar va taftishlar oʻtkazishni, mutaxassislar ajratishni rad etishda, prokuraturaga kelishdan, qonunni buzganlik toʻgʻrisida tushuntirish berishdan boʻyin tovlashda ifodalangan prokurorning qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish va uning talablarini bajarmaslik, xuddi shuningdek prokuror fikri bildirilgan hujjatlarni koʻrib chiqmaslik yoki ularni toʻliq hajmda bajarmaslik, shuningdek prokurorning gʻayriqonuniy qaror qabul qilishiga erishish maqsadida unga qanday shaklda boʻlmasin biron bir taʼsir koʻrsatganlik —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.